“Barselona”ning 4 futbolchisi jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi
02 noy 2021 08:40
Yangiliklar
“Barselona”ning 4 futbolchisi jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi
Kataloniyaliklar lazaretidagi futbolchilar qisqardi.
Usmon Dembele, Ronald Arauxo, Ansu Fati va Frenki de Yong safga qaytdi. Murabbiy vazifasini bajarayotgan Serxi Barxuan ularga CHempionlar Ligasi doirasida o'tadigan “Dinamo K”ga qarshi (3 noyabr, 01:00) o'yinda umid bo'glashi mumkinmi yoki yo'q, hozircha malum emas.
Marca manbasiga ko'ra, ular katta ehtimol bilan 6 noyabr kuni La Ligadan o'rin olgan “Selta” qarshi bahsga tayyor bo'lishadi. Dembele va Arauxo uzoq muddat davomida jarohatidan tiklanishdi, Fati va de Yong esa “ko'kanorranglilar”ning ayrim o'yinlarini o'tkazib yuborishdi.
Avvalroq, yurak bilan bog'liq muammo tufayli hujumchi Serxio Aguero 3 oyga safdan chiqqan haqida xabar bergandik.
Fikrlar