“Barselona”ning 10 ta eng tezkor o'yinchisi
10 iyu 2013 18:19
Yangiliklar

“Barselona”ning 10 ta eng tezkor o'yinchisi
“Barselona”ning o'yin uslubi “tiki-taka” ekanligi malum. Lekin jamoa oldin bunday emas edi shuning uchun xam tezkor o'yinchilar kam bo'lgan.
“Tiki-taka” futboldagi o'yin uslublaridan biri bo'lib bunda qisqa pas, to'p bilan tinimsiz harakat hamda to'pni nazorat qilish kerak.
Tezlik, futbolda doimo muxim axamiyat kasb etgan, o'yinchi qaysi poziciyada o'ynashidan qatiy nazar. Bu maqolamizda "Barselona"ning eng tezkor 10ta o'yinchisini baholashga urinib ko'ramiz, bu erda o'yinchining faqat tezligi va to'p bilan tez harakatlanishini inobatga oldik.
10. Marti Ventolra. Ko'pgina "Barselona"ning muxlislari Marti Ventolra ismi haqida amalda hech nima bilmaydi. Lekin “ko'k-anorranglilar”ning boy tarixida u eng yaxshi vingerlaridan biri ekanligi malum. Ventolra "Barselona" libosida 1933-1937 yillarda o'ynagan va muxlislar orasida mashxurlikka erishgan. O'sha paytdagi gazetalarda yozilishicha u nafaqat yaxshi balki xaqqoniy inson bo'lgan. Ispaniyalikning o'z tezligi kuchli emas edi, har holda oldingi o'yinchilarni tezlikda deyarli ayblab bo'lmaydi, ayniqsa ularni zamonaviy futbolchilar bilan tenglashtirish mumkin emas. Lekin shubhasiz: Marti Ventolra - yuksak istedod egasi. Ventolra deyarli har qanday o'yinchini to'p bilan aldab o'ta oladi. "Barselona"ning afsonaviy vingeri bizning "Barselona"ning eng tezkor o'yinchilari ro'yxatida 10-o'rinda tugatdi.
9. Romario. Taniqli braziliyalik Romario da Souza "Barselona"ning barcha davrlardagi eng yorqin futbolchilaridan biri. Hujumchi kataloniyaliklar jamoasida 1993 yildan 1995 yilgacha o'ynagan va buni muvaffaqiyatli o'tkazgan. Romario shunday o'yinchilar biri maydonda xamma ishni uddalay olgan. Kataloniyaliklarning muxlislari 90-yillarning boshlarida braziliyalikni zavq bilan kuzatishgan. Uning tezligi ko'pgina himoyachilarni qiyin ahvolga solgan. U xohlagan paytda tezligini oshirar va raqiblarini ortda qoldirar edi. Romario jarima maydonida yaxshi o'ynagan, u bizning ro'yxatimizda 9-raqamni oldi.
8. Dani Alvesh. Dani Alvesh ro'yxatimizdagi birinchi hozir o'ynayotgan futbolchilardan biridir. O'ng qanot himoyachisi kataloniyaliklar safiga 2008 yilda kelgan, ungacha “Sevilya” sharafini himoya qilgan. Uning qanot bo'ylab tezlanishi “Barselona”ning qarshi hujumga tezda o'tishiga yordam beradi. U raqiblariga o'yin tempini tezlashtirib berardi va ular har doim ham undan o'tib keta olmagan. Uning jarimalarda tepadigan kuchli zarbasi o'ylantirib qo'yardi, u zarba beradimi yoki pas beradimi? U bizning ro'yxatda sakkizinchi o'rinda.
7. Ronaldo. Yana bir braziliyalik, Ronaldoni yuqori qatorga joylashtirdik. Hujumchi Kataloniyada bir mavsum o'ynagan bo'lsa ham u o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan. “So'yloq” ko'pgina chempionat va jamoalarda o'ynagan, lekin aynan “Barselona”da o'zining tezligi bilan mutaxassislarni hayratda qoldirgan. Ronaldo raqiblarning himoyasini yorib o'ta olgan. Uning oldida faqat darvozabon qolsa bu imkoniyatni yo'qqa chiqarmasdi.
6. Aleksis Sanches. Sanches hali o'z imkoniyatlari darajasini “Barselona”ga kelguncha oxirigacha ochmagan edi. Uning maydondagi tezligini inkor qilib bo'lmasdi. CHililik himoyachilarni o'z tempiga solishni yaxshi ko'radi va uning tezligi sezilarli ustunlik berardi. CHaqqon oyoqlari bilan Aleksis himoyachilarni ortda qoldirib jarima maydoniga kirardi. Biz umid qilamizki Aleksis hali “Barselona”da o'z tezligini ko'rsatmadi, lekin hozircha u oltinchi o'rinda.
5. Kristian Telo. Yosh o'yinchining o'yini hali xomroq, lekin bu futbolchining ajralib turadigan bir hususiyati bor katta tezligi. Teloni Kataloniya jamoasining oxirgi o'n yillikdagi eng tezkor o'yinchisi deb hisoblasa bo'ladi. “Barselona” rahbariyati Ispaniya yoshlar termasining o'yinchisini yuqori baholashgan va unga ko'p yillik oshirilgan shartlarda yangi shartnoma taklif qilishgan. Kutilganidek mavsum oxirida asosiy tarkib o'yinchisi bo'ldi. Agar Telo o'z ustida qattiq ishlasa “Barselona” tarixidagi eng tezkor o'yinchisi bo'la oladi.
4. Ronaldino. Ronaldino Kataloniya jamoasidagi eng taniqli figuralardan biri bo'ldi. Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi to'p bilan qiladigan ajoyib harakatlari bilan ajratib turardi. Bu esa uni jahon yulduzi qildi. Oyoqlari bilan tez ishlashi unga eng qiyin vaziyatlardan chiqib ketishga yordam berardi. Ko'p vaqtgacha unga hech kim raqiblik qila olmadi. Braziliyalik doimo muxlislar suyuklisi bo'lgan va hamma uning ajoyib o'yinlarini sog'inadi.
3. Xordi Alba. Alba faqat o'tgan mavsumdagina o'z jamoasiga qaytdi va darhol yulduz bo'ldi. CHap qanot ximoyachisi deyarli o'ng qanotdagi jamoadoshi Alveshning nusxasi. U xam braziliyalik kabi yuqori tezlikka ega va bu unga himoyadan hujumga o'tishga yordam beradi. U o'zini raqiblarning jarima maydonida xuddi o'zinikidek ajoyib his qiladi. Albatta Albada to'p bilan ishlashda kamchilik bo'lsada ispaniyalikni uchinchi o'ringa qo'ydik.
2. Lionel Messi. Argentinalik futbolchini futbol tarixidagi eng tezkor o'yinchi deb ko'pchilik tasdiqlashi mumkin. Uning to'p bilan tez ishlashi, epchilligi shunchaki naqshinkordir. Hujumchi bittada ettita, balki undan ham ko'p o'yinchini aldab o'tishi mumkin, oxirida oldidagi darvozabonga ish qoldirmasdan to'pni darvozaga yo'llaydi.
Hammaga yaxshi har dam olish kuni Messining o'yinlaridan rohatlanish imkoniyati borligi. Messi bizning ro'yxatda ikkinchi o'rinni oldi, lekin unda ro'yxatni o'zgartirishga etarlicha vaqt bor.
1.Mark Overmars. (fotoda) Futbol tarixi Overmarsni hamma davrlarning eng tezkor futbolchisi ekanligini eslaydi. Agarda tezlik standartlari o'zgarib ketsa ham gollandiyalikning ismi ancha paytgacha gap so'z boladi. Kataloniyada o'ynab yurgan paytida har doim o'z tezligini namoyish etgan. Gollandiyalik Kataloniya jamoasiga 2000 yil kelgan va to'rt yil o'ynagan. U nafaqat Barselonadagi eng tezkor o'yinchi balki butun futbol tarixidagi eng tezkor o'yinchi bo'lishi ham mumkin.
barsa.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjima qildi

Fikrlar