So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

"Barselona"ga nima bo'ldi? Messi hali ham shartnomani uzaytirmadi Yangiliklar

"Barselona"ga nima bo'ldi? Messi hali ham shartnomani uzaytirmadi

Bu transfer oynasida eng ko'p muhokama qilinayotgan klub shubhasiz "Barselona". Klub rahbariyati harakatlari, transferlar va Messi shartnomasi borasidagi vaziyatni chuqurroq o'rganib chiqamiz.

"Barsa"ga nima bo'ldi?

Jozep Bartomeu boshliq “Barselona” rahbariyati F1 mashinalari tezligida atrofidagi barchaning ishonchini yo'qotmoqda. Hozir xattoki klub etakchilari ham asabiy holatga tushib qolgan. Cadena SER radiostanciyasi xabariga ko'ra, jamoa azolari “Barselona” transfer bozorida etarlicha faol emasligidan norozi. Boshqa bir ispan nashri “Marca”ning takidlashicha, jamoa etakchisi Lionel Messi ham shu sabab yangi shartnomaga imzo qo'yishga shoshilmayapti ekan. Vaholanki, shartnoma shartlari, futbolchining oyligi, bonus pullari va qolgan detallar kelishib bo'lingandi. Argentinalik o'zini uzoq muddatli (2021 yilgacha) shartnoma bilan kataloniya klubiga “bog'lab” qo'yishdan avval, atrofida o'zini qanday jamoa bo'lishini tushunib olmoqchi. Tabiiyki, vaziyatni Neymarning “PSJ”ga o'tib ketishi keskin yomonlashtirdi.


Doimo “Real”ni mazah qiluvchi va jamoasini ustun qo'yuvchi Jerar Pike ham bugungi kunda “Real” raqibi “Barselona”dan kuchliroq ekanligini tan oldi.
Andres Inesta esa, eslatib o'tamiz, uning shartnomasi ham yaqinda o'z yakuniga etadi, shu kunlarda g'alati intervyu berdi: “Xo'sh, aytaylik, men avval ortiqcha o'ylab o'tirmaganim, kelajagim haqida bosh qotiryapman” - dedi yarim himoyachi.

Bu futbolchilar jamoaning shunchaki azolarigina emas, balki maydonda ham, kiyinish xonasida ham haqiqiy etakchilari sanalishadi.


Transferlar masalasida qanday muammo mavjud?

“Real” ortiqcha ovoza qilmay, ustalik bilan tarkibini yosh va nisbatan qimmat bo'lmagan iqtidorli futbolchilar bilan to'ldirib boryapti. “Atletiko”dan Teo Ernandes, yoshlar o'rtasidagi Evropa CHempionati “eng yaxshi futbolchisi” Dani Sebalos safga qo'shilishdi. Kataloniyaliklar esa ha deganda bozorda o'z maqsadlariga eta olmayaptilar. SHu yozning o'zida jamoa 87 million evro sarflab ulgurdi – Paulino, Nelson Semedu, Deulofeu va Marlon, – lekin ularning orasida Neymarning o'rnini bosa oladigan futbolchi ko'rinmayapti.


“Barselona”ning 2016-2017 yilgi mavsumdan buyon amalga oshirgan “omadli” trasferlari
Paulino (40 million), Andre Gomesh (35 million), Arda Turan (34 million), Nelson Semedu (30,5 million), Pako Alkaser (30 million), Samuel Yumtiti (25 million), Aleks Vidal (17 million), Lyuka Din (16,5 million), Yasper Sillessen (13 million), Xerar Deulofeu (12 million), Marlon (5 million), Denis Suares (3,25 million). 

Albatta, Bartomeu vaziyatni o'nglashga astoydil urinmoqda, biroq barcha harakatlar befoyda bo'lmoqda. “Liverpul” Filippe Koutinoni 130 million funtga sotgisi kelmayapti (oxirgi taklifimiz qabilidagi “qo'rqitish” ham ish bermadi), dortmundning “Borussiya”si jamoa mashg'ulotlarida qatnashmayotgan Usman Dembeleni ham qo'yvormayapti, “PSJ” xattoki jamoaning yangi taktikasi, o'yin uslubiga unchalik mos tushmayotgan Anxel Di Mariyani ham arzon garovga berib yuborish niyatida emas. Bunga argentinalik yarim himoyachining yoshi xazillashib yurib, 30ga borib qolgani ham xalal bermayapti. “Barselona” juda katta miqdorda pul taklif qilsada, hech kim bilan til topisha olmayapti. Ispaniyada ham mavsum boshlandi, ammo Neymar sotuvidan tushgan 222 million, qaysidir bank hisob raqamlarida “chang bosib” yotibdi.

Paulino trasferi alohida bir mavzu. Birinchidan, “Barselona” muzokaralarda yana omadsizlikka uchradi va vaziyatni o'zi tomonga og'dira olmadi. Natijada shartnomada yozilgan tovon puli - 40 million evro (undan 7 millionini futbolchi o'zi to'ladi)ni bir tiyin ham qoldirmay xitoy klubiga to'lab berildi. Ikkinchidan, bu transferdan so'ng, kataloniya klubi prezidentini korrupciyada ayblay boshlashdi. Emishki, Paulinoning transferi, katta biznesning o'yinining bir qismi bo'lib, evaziga “Evergrand” kompaniyasiga “qo'yilgan paxta” ekan. Evaziga xitoyliklar Bartomeuning shaxsiy kompaniyasi uchun zarur bo'lgan Xitoy portlari biridagi ishni hal qilib berarkan. Tabiiyki, “Barsa” bu xabarlarni inkor etdi. Va bularning barchasi Bartomeuga qarshi uyushtirilgan va puxta o'ylangan informacion hujum ekanligini qo'shimcha qildi.
“Barselona” xo'jayiniga bosim tobora kuchayibyu bormoqda. Misol uchun avvalgi chorshanba kuni kataloniyaning RAC1 radiostanciyasi jurnalisti Jerar Romero, klub “Nicca” yarim himoyachisi Seri variantini faqatgina u haqida ijtimoiy tarmoqlarda muxlis va mutaxassislar yozganidan so'nggina o'rganishni boshlaganini aytib o'tdi. Kuni-kecha CHempionlar Ligasi saralashida “Napoli”ga qarshi javob o'yinida ivuarlikning harakatlarini bevosita kuzatgandan so'ng, “Barselona” barchasi kelishib qo'yilgan bo'lsada, o'yindan chiqishga va futbolchini xarid qilmaslikka qaror qildi.

Bevosita Leo Messi shartnomasiga kelsak...

Amaldagi kelishuv 2018 yil yoziga qadar amal qiladi va nazariy jihatdan, agar argentinalik jamoasini o'zgartirish niyatida bo'lsa, yanvar oyidayoq istagan klubi bilan shartnomaga imzo chekishi mumkin.

Lekin vaziyatning boshqa bir nozik jihati mavjud. Iyul oyi boshlaridayoq “Barselona” va Messi 2021 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan yangi shartnomaning barcha tomonlarini kelishib olishgan va klub rasmiy sayti yaqin haftalarda, Messi mavsumoldi tayyorgarlikka qaytganida barcha xujjatlar imzolanadi deb yozilgandi.

Messi qaytdi, mavsumoldi musobaqalar tarixda qolib ketdi, Ispaniya chempionati ham boshlanishga ulgurdi, bir yarim oy vaqt o'tdi – ammo imzolangan shartnoma hali ham yo'q.

“Marca”ning malumotlarini inobatga oladigan bo'lsak, “Barselona” sardori transferlarni kutyapti.


Sizda qanday bilmadimu, ammo shaxsan men, Messi shartnomasini uzaytirishi haqida xaddan ziyod ko'p o'qiyman. Nahotki, bu shunchalik tez-tez sodir bo'lsa?

“Barselona”ning asosiy jamoasidagi 13 yil davomida Leo jami 8ta shartnomaga imzo qo'ygan. Eng qizig'i, ularning 6tasi 2009 yilgacha amalga oshirilgan. Faoliyati boshida argentinalik vunderkind shunchalik tez o'sib borganki, bazan unga yarim yilning o'zida ikki martalab yangi shartnoma taklif qilingan va kelishuv muddati uzaytiraverilgan.

Endi hozir yuzaga kelgan vaziyatga kelsak, uning o'ziga xosligi shundaki, Messi bilan klub o'rtasidagi shartnoma tugashiga birinchi bor bir yilgina vaqt qoldi. Muzokaralar hech qachon bunchalik cho'zilmagan va qiyin kechmagandi.

O'zining oxirgi shartnomasi (hozircha oxirgisi, jamoa muxlislari xafa bo'lishmasin)ni Lionel 2014 yilda imzolagandi. Unga ko'ra futbolchi yiliga 36 million evro atrofida maosh oladi, tovon puli – 300 million evro.

Nahotki, Messi “Barsa”dan ketib qolsa?

Neymarning 222 million evroga sotib olinganini hisobga olsak, Messining 300 millionga transfer qilinishi iloji yo'q ishdek ko'rinmayapti.


Biroq, hozir u uchun 300 “limon” sanaydigan “ahmoq” topilmasa kerak. Xattoki “Man Siti”ning o'sha puli ko'p xo'jayinlari ham. Nega “ahmoq” dedim bilasizmi, sababi futbolchining amaldagi shartnomasi yana bir yildan keyin tugaydi! Bu katta futbolda muhim rol o'ynadigan jihat.

Toni Kroos voqeasi ko'pchilikning yodida bo'lsa ajab emas. Amaldagi Jahon chempionini faqatgina shartnoma muddati tugab borayotgani va tomonlar uni uzaytirish uchun til topisha olmagani sabab “Bavariya” hech bo'lmasa 30 millionlik bo'lib qolay degandi.

Gvardiola va Messi bir-birini yaxshi tushunishi va iliq xotiralar bilan eslashi aniq. Lekin bu 300 millionni berib yuboraverish uchun etarli emasdek. SHu sababli, nazarimda “Manchester Siti” ham  yanvar oyini kutgani maqsadga muvofiq.

SHu o'rinda Lionel Messining o'zi ham anchagina xazilkashligini etirof etish zarur. Yilda bir-ikki marta uni sotib olishi mumkinligi aytilayotgan klub paydo bo'lganda Leo o'zini va jamoatchilikni zeriktirmaslikka harakat qiladi. “Siti” va “CHelsi” variantlari paydo bo'lganda, futbolchi jamoalarning instagramdagi sahifalariga azo bo'lib qo'yadi. Lekin ish o'sha ijtimoiy tarmoqlardagi “layk”lardan uyog'iga o'tmay kelayapti. Buyog'iga vaziyat qanday tus olishini vaqt ko'rsatadi.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика