"Barselona"dagi maktab o'quvchisi ajoyib natija qayd etdi

Mirjalol Normatov
15 sen 2019, 11:55
"Barselona"ning 16 yoshli forvardi Ansu Fati Ispaniya chempionatining 4-turida "Valensiya"ga qarshi bahsda gol urdi va assistent bo'ldi.

Shu orqali u LaLiga tarixida bir o'yinda ushbu ishni bajara olgan eng yosh futbolchiga aylandi. Kecha u 16 yosh 318 kunlik edi.

Shuningdek, Fati "Barselona" tarixida rasmiy o'yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi ham hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express