"Barselona"da ko'p yillar qolish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman" - Rafinya
12 apr 11:23
Yangiliklar
"Barselona"da ko'p yillar qolish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman" - Rafinya
Futbolchi Kataloniya klubida uzoq vaqt qolmoqchi.
"Barselona" vingeri Rafinya kelajagi haqida gapirdi. Avvalroq kataloniyaliklar uni sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"SHartnomam nihoyasiga etishiga yana bir necha yil bor. Uni tugallab qo'yishni rejalashtirmoqdaman. "Barselona"da ko'p yillar qolish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", – dedi futbolchi.
27 yoshli braziliyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda qatnashib, 8 ta to'p kiritdi va 10 ta golli pas uzatdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikrlar