Barselonada ikki kun bor

Khoja
2 yanv 2025, 07:52
Barselona Dani Olmo v Pau Viktorni ro'yxatdan o'tkazishi uchun yana ikki kun imkoniyati bor.

Xabarlarga qaraganda shu ikki kun ichida kataloniyaliklar muammoni hal qila olsa, futbolchilarni jamoada saqlab qolishi mumkin. Aks holda, har ikki futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etish imkoniyatiga ega bo'ladi. EFE nashrining xabar berishicha, Ispaniya futbol federatsiyasi ushbu muammoni hal qilish imkoniyatiga ega. Agar RFEF ushbu vaziyatga aralashsa, muammo tezda hal bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, La Liga Kataloniya klubiga Dani Olmo va Pau Viktorlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ikki marta ham rad javobini berdi.

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Olmoga Manchester Yunayted, Manchester Siti hamda Arsenal jamoalari qiziqish bildirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com