“Barselona” yozda yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi
12 iyu 2023 08:55
Yangiliklar


“Barselona” yozda yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoaning yozgi transfer oynasida qilishi lozim bo'lgan ishlari haqida gapirdi.
“Xavining talablariga ko'ra, biz yana uchta o'yinchi bilan shartnoma imzolashimiz kerak: ikkita markaziy yarim himoyachi va bitta o'ng qanot himoyachisi. Bu transferlarga ko'p pul sarflamaymiz deb o'ylayman. Aslida bizda bir nechta variant bor. Xavi hozirgi tarkib bilan ham raqobatdosh jamoa tuza olishini aytdi, ammo o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlash va undanda yaxshiroq natija qayd etish uchun biz yanada kuchayishimiz lozimligini ham tushuntirdi”,-dedi Laporta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar