"Barselona" yozda Messiga 33 mln evro to'lashi kerak

Mirjalol Normatov
13 noya 2020, 23:36
"Barselona" kelasi yili shartnomasi yakunlanadigan Leo Messiga sadoqati uchun 33 mln evro to'lab berishi kerak.

Bu uning 2017 yili 4 yilga mo'ljallangan shartnomasida keltirib o'tilgandi. 2020 yilning fevral oyida u ushbu pulning bir qismini qabul qilib olgandi.

Qayd etilishicha, shu kunga qadar Messi "Barselona" bilan shartnomani bir necha bora uzaytirgani evaziga 100 millionga yaqin pul ishlab olgan.

Ushbu mavsumda Messi LaLiganing 7 o'yinida 3 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN