"Barselona" yozda "Liverpul" yulduzini xarid qilishi mumkin
16 mar 11:13
Yangiliklar


"Barselona" yozda "Liverpul" yulduzini xarid qilishi mumkin
"Barselona" hujumning chap qanotini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Malum bo'lishicha, buning uchun kataloniyaliklar "Liverpul" futbolchisi Luis Diasni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Unga ko'ra, "Liverpul" Diasni sotish imkoniyatini ko'rib chiqadi, ammo uni 70-75 million evrodan kamiga sotishni istamaydi. Bu "Barselona" uchun La Liganing moliyaviy qoidalariga rioya qilish maqsadida maosh jadvalida 30 million evroni bo'shatish kerakligini ham anglatadi.
Buning uchun ispan grandi futbolchilarni sotishi ham ehtimoldan xoli emas. Kataloniyaliklar yozda Andreas Kristensen, Erik Garsiya, shuningdek, Ansu Fatini sotib yuborishga qaror qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar