"Barselona" yarim himoyachisi mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
12 dek 2018, 23:31
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto jarohatdan tiklanishning so'nggi bosqichini boshladi.

Klub rasmiy xabariga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi individual dastur bo'yicha mashg'ulotlarni boshladi. U bugun to'p bilan mashg'ulotlar o'tkazdi.

Uning o'yinlarga qaytishi uchun yana ikki hafta ketishi kutilmoqda.

Roberto bu mavsumda 11 o'yinda qatnashib, 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona