"Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
09 sen 2023 00:50
Yangiliklar


"Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Barselona" rahbariyati yarim himoyachi Frenki de Yongga yangi 5 yillik shartnoma taklif qiladi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchiga ham Mark-Andre ter SHtegenning formulasi tanlanadi. Yani, futbolchi 2 mavsum mobaynida kamroq maosh oladi, bu orqali u klubning moliyaviy holatini yaxshilab olishiga yordam beradi.
De Yongning amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi. O'tgan yozda futbolchini sotib yuborishga harakat bo'lgan bo'lsa-da, hozir tomonlarning munosabatlari anchagina yaxshi.
De Yong 2019 yildan buyon Kataloniya klubi tarkibida o'ynamoqda. U "Barselona" uchun 187 o'yinda qatnashib, 16 gol va 21 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar