"Barselona" yangi murabbiyi katta ehtimol bilan nemis bo'ladi
28 fev 2024 11:53
Yangiliklar


"Barselona" yangi murabbiyi katta ehtimol bilan nemis bo'ladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi mavsum yakunlanganidan keyin jamoa rulini qabul qilib olishi mumkin bo'lgan 4 nafar mutaxassis nomini belgilab oldi.
Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi.
"Ko'k-anorranglilar" Roberto De Zerdi ("Brayton"), Xans-Diter Flik, Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi) va Tomas Tuxel ("Bavariya") bilan muzokaralar olib borishmoqda. "Barsa" rahbariyati yangi bosh murabbiy masalasini mavsum oxirigacha aniqlab olmoqchi. Yuqorida nomi keltirilgan murabbiylarning 3 nafari germaniyalik hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
00:03
ECHL. "Barselona" va "Inter" yarim finalning ilk bahsida kurash olib borishmoqda (onlayn hisob) 61

Fikrlar