So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Barselona" va PSJ sobiq futbolchilari to'p tepayotgan OKMKning raqibi "Al Arabi" haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

"Barselona" va PSJ sobiq futbolchilari to'p tepayotgan OKMKning raqibi "Al Arabi" haqida nimalarni bilish kerak?

Teglar :  Al ArabiOKMK
OKMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqish ertaga Qatarning "Al Arabi" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Bir hafta oldin "Al Sib"ni taslim etgan Mirjalol Qosimov shogirdlari ertaga raqibni mag'lub etsagina chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo'l oladi. OKMKning raqibi yoxud tarkibida "Barselona"ning sobiq futbolchisi to'p tepayotgan "Al Arabi" jamoasi bilan tanishamiz

"Al Arabi" haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Doxaning "Al Arabi" jamoasi 1952 yilda tashkil etilgan bo'lib, Qatarninn eng eski klubi hisoblanadi. Klub o'y o'yinlarini 13000 muxlisga mo'ljallangan "grand Xamad" stadionida o'tkazadi. Klub 71 yillik tarixi davomida 7 karra Qatar chempioni, 9 karra Amir Kubogi va 6 karra Qatar superkubogini qo'lga kiritgan.

Natijalar


"Al Arabi" jamoasi o'tgan mavsum "Qatar yulduzlar ligasi"da kumush medallarini qo'lga kiritdi va shu orqali Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidan boshlash imkoniyatiga ega bo'ldi. SHuningdek, jamoa o'tgan mavsum Qatar Amiri kubogida g'olib bo'ldi. Final bahsini "Al Sadd"ga qarshi o'tkazgan Doxaliklar, yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Qatar chempionatining yangi mavsumi 16 avgust kuni start oldi va Doxa klubi birinchi turda "Al SHamal" jamoasi qarshi o'yin o'tkazdi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.




Tarkib
Jamoa bosh murabbiyi mahalliy mutaxassis - Yunus Ali. futbolchilik faoliyati davomida faqat Qatar jamoalarida to'p tepgan Ali, jamoani 2021 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda. Tarkibga to'xtaladigan bo'lsak, Doxa klubining tarkibida bir nechta taniqli futbolchilar bor ular:

Rafinya (Braziliya,Ispaniya)
"Barselona" va PSJ sobiq futbolchisi. Evropada top klublarida to'p tepgan Rafinyaning Evropada so'ngi klubi "Real Sosedad" bo'ldi va 22/23 mavsumdan buyon Qatar jamoasi safida harakat qilmoqda.

Abdu Diallo (Senegal)
O'tgan hafta jamoaga kelib qo'shilgan Diallo, o'tgan mavsum "Leypcig" safida ijara asosida to'p tepgan edi, undan avval esa senegallik futbolchi PSJda faoliyat yuritgan.

Aron Gunnarson (Islandiya)
Islandiya terma jamoasining uzoq yillik sardori, 34 yoshlik tayanch yarim himoyachi.

Simo Keddari (Ispaniya)
Yaqindagina 4,3 million evro evaziga "Espanol"dan sotib olingan markaziy himoyachi.

Muxammad Tabuni (Niderlandiya)
Yozgi transferlar oynasida "Feyenoord" jamoasidan 500 ming evroga sotib olingan 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi.




Yussuf Msakni (Tunis)
32 yoshli tajribali vinger bir necha bor o'zbek klublariga qarshi o'ynagan va gollar urgan. 2010 yildan buyon Tunis terma jamoasi safida 86ta o'yinda maydonga tushib 17ta gol urgan.

Omar Al Soma (Suriya)
O'z vaqtida Osiyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri hisoblangan Al Soma hozirgi kunda "Al Arabi" safida faoliyat yuritmoqda.

Jamoaning umumiy transfer qiymati 21 million evroga teng. Jamoadagi eng qimmat futbolchi - Abdu Diallo hisoblanadi. Transfermarkt nashri senegallik futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.




O'yin uslubi
Jamoa so'ngi asosan 4-2-3-1 taktik uslubida o'ynaydi va kichik paslarga tayangan futbol namoyish etadi.




Abdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика