“Barselona” va “Borussiya” talashayotgan futbolchini “Man Siti” ilib ketishi mumkin
28 fev 2021 20:06
Yangiliklar


“Barselona” va “Borussiya” talashayotgan futbolchini “Man Siti” ilib ketishi mumkin
“Manchester Siti” rahbariyati “Real Sosedad” hujumchisi Aleksandr Isakni sotib olish haqida o'ylamoqda.
“The Mirror” xabariga ko'ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola 21 yoshli forvardni o'z jamoasida ko'rishni istagan. Isak “Real Sosedad” tarkibiga 2019 yilda Dortmundning “Borussiya” jamoasidan 6 mln evro evaziga kelib qo'shilgan edi.
Avvalroq shveciyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun “Borussiya” va “Barselona” jamoalari kurash olib borishi aytilgan edi. Malumot uchun, Isak joriy mavsum 20 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar