"Barselona" Umtitining narxini belgiladi

Alisher
5 iyul 2019, 17:25
"Barselona" Neymarning transferi uchun pul topish maqsadida himoyachi Samuel Umtitini sotishga tayyor.

Kataloniyaliklar futbolchining sotuvidan 60 million evro ishlab olishmoqchi.

Fransiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari qiziqmoqda.

25 yoshli Umtiti "Barselona"da 2016 yildan beri o'ynab kelmoqda. "Lion" sobiq o'yinchisi yakunlangan mavsum kataloniyaliklar tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushdi.

Oldinroq, futbolchining o'zi jamoadan ketishni xohlamayotganligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Mirror