So’nggi yangiliklar

10:05«Пахтакор» яна бир маҳоратли ҳужумчи билан шартнома тузди  4 09:53“Машъал” тўрт нафар футболчи билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 09:39Истеъфога чиққан Саутгейт кетиш олдидан нималар деди?  5 09:15«Қўқон-1912» жамоаси ёзги трансфер ойнасида легионер футболчи билан шартнома тузди  3 08:48Аргентина терма жамоаси футболчилари узоқ муддатга футболдан четлатилишлари мумкин  27 08:26«Андижон» ёзги йиғиннинг илк назорат учрашувида йирик ғалабани қўлга киритди. Таркибда қандай ўзгаришлар бор?  4 08:00УEФА матбуот хизмати Евро-2024 рамзий терма жамоани эълон қилди  14 07:36Расман: «Рома» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  2 00:55Роналду, Мбаппе ва Гризманн Евро-2024 омадсиз рамзий жамоасидан ўрин олди  8 00:38Мората "Атлетико" билан хайрлашди. Ҳужумчи "Милан"га ўтади  1 00:10Япония терма жамоаси дарвозабони А Серия клубига ўтди  7 23:53Месси тўпиғидан олган жароҳати сабабли "Интер Майами"нинг бир нечта ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  5 23:27Хави Алонсо машғулотни ўтказиб юборгани учун Азмунни жамоадан четлатди  3 23:01Эдерсонни қўлга кирита олмаган "Ал Насср" бошқа бразилиялик дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  3 22:44Испания клублари ва терма жамоаси 2002 йилдан бери йирик турнирлар финалида мағлуб бўлишмади  5

LaLiga. Messi super gol urgan kechada "Barselona" yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

LaLiga. Messi super gol urgan kechada "Barselona" yirik g'alabaga erishdi

LaLiganing 26-turidan o'rin olgan "Barselona" hamda "Ueska" jamoalarining o'yini yakuniga etdi.

Barcelona

Lionel Messi - 13', Antoine Griezmann - 35', Oscar Mingueza - 53', Lionel Messi - 90'

LaLiga . 27-tur

16/03/2021, 00:00

1
:
4
Tugadi

SD Huesca

Rafa Mir - 45'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Adrian Cordero

45'
90'
13'  Lionel Messi
13'  Sergio Busquets
35'  Antoine Griezmann
35'  Pedri
53'  Oscar Mingueza
53'  Lionel Messi
63'  Frenkie de Jong (Ronald Araujo)
69'  Sergino Dest (Ilaix Moriba)
69'  Antoine Griezmann (Trincao)
85'  Ousmane Dembele (Martin Braithwaite)
85'  Pedri (Ricard Puig)
90'  Lionel Messi
90'  Trincao
45'  Rafa Mir
48'  Daniel Escriche
60'  Daniel Escriche (Sergio Gomez)
60'  Idrissa Doumbia (Jaime Seoane)
60'  Pablo Insua
78'  David Ferreiro (Javi Ontiveros)
78'  Pablo Maffeo (Pedro Lopez)
78'  Pablo Insua (Denis Vavro)


"Barselona" – "Ueska" 4:1

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 13 Messi, 2:0 – 35 Grizmann, 2:1 – 45, penalti Rafa Mir, 3:1 – 53 Mingesa, 4:1 – 90 Messi.

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Mingesa, Langle, Dest (Moriba, 69), Buskets, de Yong (Arauxo, 63), Pedri (Puch, 85), Dembele (Breytueyt, 85), Messi, Grizmann (Trinkau, 69).

"Ueska" – Alvaro Fernandes, Galan, Insua (Vavro, 78), Siovas, Maffeo (Pedro Lopes, 78), Dumbiya (Seoane, 60), Mikel Riko, Ferreyro (Ontiveros, 78), Pulido, Rafa Mir, Dani Eskriche (Serxio Gomes, 60).

Ogohlantirishlar: Dani Eskriche (48), Insua (60).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. GOOOL! YANA MESSI! Leo bu safar ham uzoq masofadan zarba berishga qaror qildi, biroq bu zarbadan so'ng to'p darvozaning pastki burchagidan joy oldi.

85. O'zgarish: Dembele va Pedri o'rniga, Bretueyt va Puch maydonga tushishdi.

82. Trinkauning himoyadagi xatosidan so'ng Rafa Mir to'pni egallab oldi va tezda Ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. Afsuski to'p biroz yuqoridan o'tib ketdi.

71. Pedrining uzatmasidan so'ng Leo raqib darvozabonini aldab o'tdi, ammo uning o'tkir burchakdan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

69. O'zgarish: Dest o'rniga Moriba, Grizmann o'rniga Trinkaular o'yinga qo'shilishdi.

63. O'zgarish: De Yong o'rniga Arauxo maydonga tushdi.

60. Insua maydon markazida Leoni yiqitdi va hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.

57. ZARBAAA... Rafa Mirning kallasi joyidami? U jamoadoshining ajoyib uzatmasidan so'ng 1 metr masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi. Rafa to'pga elkasi bilan tegib, to'p darvoza ustidan o'tishini taminladi. Hoy, janob, siz "Barselona" emas, "Ueska" futbolchisisiz!

53. GOOOL! Mingesa "Barselona"ning uchinchi goliga mualliflik qildi. Leoning qanotdan uzatgan to'pini Mingesa bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi. 3:1.

51. Messining jarima zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegdi.

50. Rafa Mir o'z jarima maydonchasi yaqinida Leoni yiqitdi va "Ueska" darvozasi oldida standart vaziyat yuzaga keldi.

49. Eskriche Mingesaga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

46. Tanaffus yakunlandi va yana maydonga qaytamiz. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS!

45+4. GOOOL! RAFA MIR! "Ueska" futbolchisi hisobni qisqartirdi!

45+2. Ter SHtegen raqibga kelayotgan to'pga chiqishda raqibiga tegib ketdi, ammo unga to'p o'tib ketganidan so'ng tegdi. Hammasini VAR hal qilsa kerak. VAR ofsayd yo'qligini ko'rsatdi, demak penalti tepiladi.

45+1. PENALTI! "Barselona" darvozasi tomon penalti belgilandi.

42. NAVBATDAGI TO'SIN! Bu safar De Yongning to'pga teginishidan so'ng to'p darvozabon ustidan o'tib, to'singa tegdi va maydonga qaytdi. DAHSHAT!

39. ZARBAAA... Nimalar bo'lyapti! Messining uzatmasidan so'ng Xordi Alba o'z qanotidan raqib jarima maydonchasiga kirdi va to'pga kuchli zarba berdi. Zarbadan so'ng to'p uzoq burchakdagi ustun va to'singa tegib, maydonga qaytdi.

35. GOOOL! Endi Grizmann huddi Leo uslubida zarba berdi, biroq to'p to'sinlarga tegmadi va to'qqizlikka kirib ketdi! CHiroyli gol!31. O'yin biroz tin olgandek, Kataloniya klubi to'pni o'zida saqlab, raqibini ozroq yugurtirmoqchi.

26. ZARBAAA... "Ueska" ajoyib hujum uyushtirdi va u aniq zarba bilan yakun topdi, ammo Ter SHtegenning seyvi tufayli hisob o'zgarmadi.

20. Messi jarohat olgan ko'rinadi, u ora-sirada uzun paypoqlarini tushirib, raqib butsasining tishlari shilib yuborgan joyga qarab qo'ymoqda. Haqiqatdan ham, kadrda Leoning oyog'ida butsa izlarini ko'rish mumkin.

13. GOOOL! LEODAN SUPER GOL! Lionel Messi Busketsning uzatmasini bir teginish bilan o'ziga to'g'irladi va bir raqibidan qutildi. Keyin esa darvozaga zarba berdi va to'p to'sin-er-to'singa tegib golga aylandi! FANTASTIK ZARBA!
GOLNI TELEGRAM KANALIMIZDAN KO'CHIRIB OLISHINGIZ MUMKIN!

12. "Barsa"ning franciyalik dueti - Grizmann va Dembelening devor uslubidagi o'yini muvaffaqiyatsiz yakun topdi, raqib himoyachisi ularning harakatini "o'qidi".

10. Zarbaaa... Serjino Dest raqib jarima maydonchasiga kirmay chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi, biroq "Ueska" posboni Fernandes to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

6. Kutilganidek "Barselona" to'pga egalik qilish bo'yicha ustun va asta-sekinlik bilan tiki-taka o'yini bilan raqib jarima maydonchasi atrofiga yaqinlashib borishmoqda.

2. Uchrashuvdagi dastlabki aniq zarba "Ueska" futbolchisi Rafa Mir tomonidan berildi. Ter SHtegen katta qiyinchilikka uchramadi va to'pni egallab oldi.

1. O'yin boshlandi.

- Bahs oldidan Leo Messiga LaLiganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.

- Lionel Messi bugun "Barselona" safida o'zining Kataloniya klubi safidagi 767-o'yinini o'tkazadi va bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi hisoblangan Xaviga etib oladi. Kataloniya klubi ushbu voqea munosabati bilan ajoyib bannerni namoyish etdi.


Barselona – Ueska

"Kamp Nou"

Barselona – ter Stegen, Alba, Mingesa, Langle, Dest, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Messi, Grizmann.

Ueska – Alvaro Fernandes, Galan, Insua, Siovas, Maffeo, Dumbiya, Mikel Riko, Ferreyro, Pulido, Rafa Mir, Dani Eskriche.

Barcelona

Lionel Messi - 13', Antoine Griezmann - 35', Oscar Mingueza - 53', Lionel Messi - 90'

LaLiga . 27-tur

16/03/2021, 00:00

1
:
4
Tugadi

SD Huesca

Rafa Mir - 45'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Adrian Cordero

45'
90'
13'  Lionel Messi
13'  Sergio Busquets
35'  Antoine Griezmann
35'  Pedri
53'  Oscar Mingueza
53'  Lionel Messi
63'  Frenkie de Jong (Ronald Araujo)
69'  Sergino Dest (Ilaix Moriba)
69'  Antoine Griezmann (Trincao)
85'  Ousmane Dembele (Martin Braithwaite)
85'  Pedri (Ricard Puig)
90'  Lionel Messi
90'  Trincao
45'  Rafa Mir
48'  Daniel Escriche
60'  Daniel Escriche (Sergio Gomez)
60'  Idrissa Doumbia (Jaime Seoane)
60'  Pablo Insua
78'  David Ferreiro (Javi Ontiveros)
78'  Pablo Maffeo (Pedro Lopez)
78'  Pablo Insua (Denis Vavro)

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика