"Barselona" Todiboni sotishni rejalashtirmoqda
15 dek 2019 23:07
Yangiliklar


"Barselona" Todiboni sotishni rejalashtirmoqda
Franciyalik futbolchi 10 million evro evaziga sotib yuborilishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Kataloniyaliklar uning sotuvidan 10 million evro ishlab topishni maqsad qilganlar. SHuningdek, bo'lajak bitimga futbolchini qayta sotib olish to'g'risidagi band ham kiritiladi.
Xabarda takidlanishicha, "Bayer" va "Uotford" klublari Todiboni xarid qilish uchun raqobat qilmoqdalar.
Franciyalik futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 2 ta uchrashuv o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar