"Barselona" tez orada shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

Alisher
31 avg 2021, 07:06
"Atletiko" o'yinchisi Joau Feliks faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Kataloniya klubi "Atletiko"ga portugaliyalik futbolchining transferi bo'yicha taklif yubordi.

Ushbu xabarni Kataloniya radiostanciyasi RAC1 tasdiqladi.

Qayd etish kerakki, madridliklar bugun "Barselona"ga bu borada javob berishadi. Ehtimoliy bitim narxi ma'lum qilinmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAC1