"Barselona" tarbiyalanuvchisi Gvardiolaning "Siti"siga o'tadigan bo'ldi

Tolibjon Qosimov
19 apr 2018, 12:08
Inglizlar "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisini o'zlariga og'dirib oldi.

"Manchester Siti" klubi "Barselona"dan yarim himoyachi Andria Bernabeni og'dirib oldi. "Sport" nashrining xabar berishicha, futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirmaydi. 16 yoshli o'yinchi kataloniyaliklarni bu haqda xabardor qilgan. Uning jamoa bilan kelishuvi yakuniga etdi.

Bernabe erkin agent sifatida "Manchester Siti"ga o'tadi. O'yinchining agenti sobiq mashxur futbolchilar De La Penya va Karles Puyol hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es