"Barselona" sudda yutdi, endi Neymar sobiq jamoasiga 6,7 mln evro to'laydi
19 iyu 2020 20:45
Yangiliklar
"Barselona" sudda yutdi, endi Neymar sobiq jamoasiga 6,7 mln evro to'laydi
Barselona shahri sudi PSJ forvardi Neymar davosini rad etdi.
Gap shundaki, braziliyalik sobiq jamoasi shartnomada belgilangan bonus mablag'ni to'lamagani sabab shikoyat yozgandi. 2017 yil "ko'kanorranglilar"ni tark etgan futbolchi "Barsa"dan 43,6 mln evro talab qilgan. Sud esa hujumchining barcha davolarini rad etdi va unga 6,7 mln evro to'lash majburiyatini yukladi.
Avvalroq, braziliyalikning katalniyaliklar safiga qaytish ehtimoli borligi aytilgandi.
Fikrlar