"Barselona" sobiq himoyachisi "Brayton"ga o'tishi mumkin
15 iyu 2021 15:40
Yangiliklar
"Barselona" sobiq himoyachisi "Brayton"ga o'tishi mumkin
"Xetafe" himoyachisi Mark Kukurelya "Brayton"ga o'tishi mumkin.
Ispaniyalik himoyachining shartnomasida 22 million evrolik tovon puli ko'rsatilgan. "Brayton"ning Kukurelya borasidagi ilk taklifi rad etilgan.
Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisidir. O'yinchi 2019 yilda "Xetafe"ga ijara asosida yo'l oldi va bir yil so'ng Madrid atrofidagi klubning to'laqonli o'yinchisiga aylandi.
Mark o'tgan mavsum "Xetafe" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar