"Barselona" - "Sevilya" uchrashuvida argentinaliklar ishtirok etmasligi mumkin
09 okt 2017 11:17
Yangiliklar
"Barselona" - "Sevilya" uchrashuvida argentinaliklar ishtirok etmasligi mumkin
"Barselona" hamda "Sevilya" o'rtasidagi LaLiganing 11-tur uchrashuvi ikki jamoaning argentinalik legionerlarisiz o'tishi mumkin.
Gap shundaki, Argentina terma jamoasi JCH-2018da ishtirok etish uchun Yangi Zelandiya bilan pley-off uchrashuvini o'tkazishi mumkin.
Birinchi o'yin 8 noyabrda o'tadi va u Yangi Zelandiya maydonida bo'lishi mumkin. "Barselona" - "Sevilya" bahsi 5 noyabrga belgilangan. Argentinalik legionerlar uchrashuvdan bir necha kun oldin terma jamoa lageriga uchib ketishadi. Aynan shu sabab ular LaLiga bahsida ishtirok etisha olmaydi.
JCH-2018 saralashining so'nggi turidan oldin argentinaliklar turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turishibdi. Janubiy Amerika qitasidan mundialga 4ta jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi. Beshinchi o'rinni egallagan jamoa Yangi Zelandiya bilan pley-off uchrashuvini o'tkazadi.
Fikrlar