"Barselona" qishda hech kimni xarid qilmaydi

6 dek 2019, 22:41
AS nashri xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoa uchun kutilmagan holatlar yuzaga kelmasa, qishki transfer bozoriga kirmoqchi emas.

Biroq tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. "Ko'k-anorranglilar" jamoaning ikki nafar a'zosi - himoyachi Jan-Kler Todibo va yarim himoyachi Karles Alenyalarni ijaraga berib yuborishni maqsad qilgan. Shuningdek, klub rahbariyati jiddiy takliflar chiqib qolsa, Ivan Rakitich va Arturo Vidal kabi futbolchilarni sotib yuborishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS