"Barselona" prezidentligi uchun nomzod jamoani Anchelotti boshqarishini taklif qildi
03 iyu 2015 11:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/177378_original.jpg)
![](/upload/storage/177378_220.jpg)
"Barselona" prezidentligi uchun nomzod jamoani Anchelotti boshqarishini taklif qildi
"Barselona" prezidentligi uchun nomzodlardan biri Agusti Benedito "Real" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga qo'ng'iroq qildi va unga ko'k-anorranglilarni boshqarishni taklif qildi.
Beneditoning bu suhbati "Barselona" va "Yuventus" o'rtasidagi CHempionlar ligasi finalidan oldin bo'lgan. U Anchelotti agenti Ernesto Broncettiga qo'ng'iroq qilib, italiyalik mutaxassisga qiziqayotganini aytgan. Agent esa, Anchelotti bir yil dam olish istagida ekanligini va bir yildan so'ng bu taklifni ko'rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
O'sha paytda Luis Enrikening jamoada qolishi so'roq ostida edi, ammo murabbiy keyinroq "Barselona" bilan shartnomani 2017 yilgacha uzaytirdi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar