"Barselona" prezidentligi uchun nomzod: "Turanning transferi - klub uchun muammo"
08 iyu 2015 11:10
Yangiliklar


"Barselona" prezidentligi uchun nomzod: "Turanning transferi - klub uchun muammo"
"Barselona" prezidentligi uchun nomzodlardan biri Agusti Beneditoning takidlashicha, agar u saylovlarda g'olib chiqsa Arda Turanning trasferini bekor qiladi.
Turk futbolchisi 41 mln. evro evaziga "Barselona"ga o'tdi, ammo FIFA sankciyalari tufayli Arda yanvar oyida debyutini nishonlashi mumkin.
"Ular bizni katta muammo oldida qoldirishmoqda - futbolchi yarim yil davomida o'ynay olmaydi. Aynan Bartomeu tufayli klub FIFA sankciyalari ostida ekanligini unutmasligimiz zarur.
U klub azolariga hurmatsizlik qilib futbolchiga katta mablag' to'ladi. Men prezident Ramon Adel bilan suhbatlashdim va unga Turan transferi klubimizdagi demokratiyaga to'g'ri kelmasligini aytdim" - deydi Benedito.

Fikrlar