"Barselona" prezidenti de Yongning kelajagi haqida gapirdi
18 may 2022 18:50
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti de Yongning kelajagi haqida gapirdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa xavbeki Frenki de Yongning kelajagi haqida gapirdi.
"SHu yozda muhim futbolchilarimizni sotamizmi yoki yo'q, buni bilmayman. Agar ayrim bitimlarni amalga oshirsak, bunga hojat qolmas. Ayni damda bizning maqsadimiz - klubning moliyaviy holati", - deydi Laporta.
De Yong joriy mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Oldinroq xabar berilganidek, "Barselona" de Yongni "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor, ammo o'yinchining o'zi klubdan ketishni xohlamayapti.
Fikrlar