"Barselona" o'z rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2018, 13:48
Ispaniya chempionatining 25-turida Kataloniya derbisida "Barselona" "Jirona"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi.

Bahsda Luis Suares xet-trik qayd etgan bo'lsa, Leo Messi ikkita gol urdi,  Filippe Koutino esa bitta. Shu tariqa jamoa Primerodagi o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini yangiladi. "Ko'k-anorranglilar" ketma-ket 32 bahsdan buyon mag'lub bo'lmadi. Bundan oldingi 31 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya 2010/11 yilgi mavsumda Pep Gvardiola qo'l ostida qo'lga kiritilgan.
Primeroning mutlaq rekordi 1979/80 yilgi mavsumda San-Sebastyanning "Real Sosedad" jamoasiga tegishli. O'shanda klubni ketma ket 38 o'yinda hech qaysi jamoa yuta olmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com