"Barselona" o'yinchisi koronavirusga chalindi
12 avg 2020 14:52
Yangiliklar
"Barselona" o'yinchisi koronavirusga chalindi
"Barselona" matbuot xizmati jamoasi o'yinchisi koronavirusga chalinganini xabar qildi.
COVID-19 bugun yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan 9 futbolchining birida aniqlangan. Bular: Pedri, Fransishku Trinkau, Mateus Fernandes, Jan-Kler Todibo, Mussa Vage, Karles Alenya, Rafinya, Xuan Miranda va Oriol Buskets. Ushbu o'yinchilarning barchasi ijaradan qaytgan.
Kasallangan o'yinchining kimligi haqida malumot berilmayapti, ammo shunisi aniqki, u o'zini yaxshi his qilmoqda va uyida o'zini izolyaciya qilgan.
Xabarlarga ko'ra, o'sha o'yinchi bugun CHL 1/4 final doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yin uchun Lissabonga uchib ketishi kerak bo'lgan o'yinchilar bilan aloqa qilmagan va o'yin o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar