"Barselona" Neymarni rad etdi

Оқил Абдубарноев
3 avg 2023, 20:01
PSJ "Barselona" hujumchisi Usmon Dembele evaziga Neymarni kataloniyaliklarga taklif qilgan.

Fransiyaning PSJ klubi jamoani tark etgan Lionel Messi o'rnini Usmon Dembele bilan to'ldirmoqchi.

Liga 1 chempioni Dembeleni o'z safiga qo'shib olish uchun Neymarni ispan klubiga ijaraga berish variantini taklif qilgan. Biroq taklif rad etildi. Sababi, "Barselona" uning yuqori maoshini to'lab bera olmaydi.

Neymar 2013–2017 yillar oralig'ida "Barselona"da to'rt mavsum o'tkazgandi hamda 222 million evro evaziga parijga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal