"Barselona" MYU futbolchisi uchun 115 mln. evro taklif qiladi
26 apr 2019 10:45
Yangiliklar
"Barselona" MYU futbolchisi uchun 115 mln. evro taklif qiladi
"Barselona" yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashfordni xarid qilishga urinib ko'radi.
Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi "qizil iblislar"ning so'nggi muvaffaqiyatsizliklaridan foydalanib, 21 yoshli forvardni 115 mln. evro evaziga sotib olmoqchi.
MYU hamda Rashford o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi. Unda kelishuvni yana 12 oyga uzaytirish bandi mavjud. Biroq "Manchester Yunayted" shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Agar Markus "qizil iblislar" bilan yangi bitim imzolasa uning yillik maoshi 18 mln. evro bo'ladi.
Joriy mavum Rashford MYU safida 44ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.
Fikrlar