"Barselona" Mingesani 5-10 million evro evaziga sotishni xohlamoqda
19 may 2022 18:47
Yangiliklar


"Barselona" Mingesani 5-10 million evro evaziga sotishni xohlamoqda
"Barselona" himoyachisi Oskar Mingesani 5-10 million evro evaziga sotmoqchi.
O'yinchi bosh murabbiy Xavining kelasi mavsum uchun rejalariga kirmaydi.
Himoyachi Kataloniya klubining asosiy jamoasida o'tgan mavsumda Ronald Kuman davrida paydo bo'lgandi. Niderlandiyalik mutaxassis uni tez-tez besh himoyachi sxemasida ishlatdi, ammo ushbu mavsumda kataloniyaliklar ustozi Xavi unga asosiy tarkibda ishonch bildirmayapti.
"Barselona" futbolchidan yozgi transfer oynasida qutulmoqchi. Kataloniyaliklar o'yinchi uchun 5-10 million evroga ega bo'lmoqchi.
Mingesa joriy mavsum La Liga doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar