"Barselona" Martinesga qadar Keyn bilan shartnoma imzolashni xohlagan edi

Alisher
7 yanv 2021, 14:31
"Barselona" "Tottenxem"dan Xarri Keynni xarid qilishni xohlagan edi.

"Ko'k-anorranglilar" sobiq prezidenti Xosep Bartomeu "shporlar" prezidenti Daniel Levi bilan aloqaga chiqqan edi, ammo undan ehtimoliy transfer borasida salbiy javob olgan.

Xabarlarga ko'ra, "Barselona" shundan so'ng "Inter" forvardi Lautaro Martines uchun kurashga qo'shilgandi.

Eslatib o'tamiz, Keyn uchun shuningdek "Real" va "Manchester Yunayted" klublari da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo