"Barselona" "Man Siti"dagi sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
03 iyu 2020 11:07
Yangiliklar
"Barselona" "Man Siti"dagi sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya "Barselona"ga o'tishi mumkin.
Klublarning Nelson Semedu borasidagi muzokaralari paytida kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchini xarid qilishga qiziqishgan.
Garsiya - "Barselona" tarbiyalanuvchisi va Kataloniya fuqarosi hisoblanadi. U 2017 yilda "Siti" akademiyasiga o'tgan va 2019 yilda APLda debyut qilgan.
"Manchester Siti" esa Garsiyani qo'yib yubormoqchi emas, ammo "Barselona" umidni yo'qotmagan holda, uni kuzatishda davom etmoqda.
Fikrlar