"Barselona" Kataloniya SSVga 30 mingta niqob jo'natdi
29 mar 2020 10:59
Yangiliklar
"Barselona" Kataloniya SSVga 30 mingta niqob jo'natdi
"Ko'k-anorranglilar" rasmiy saytining xabariga ko'ra, klubning regional hamkori "Taiping Life Insurance" tomonidan niqoblar sovg'a qilingan.
Ushbu 30 mingta niqob Kataloniya sog'liqni saqlash vazirligiga taqdim qilingan va bu favqulodda holatlarda ishlatish uchun ayni muddao bo'lgan. Ayni damda Kataloniyada ham koronavirus pandemiyasiga qarshi qattiq kurash ketmoqda.
Dunyo bo'yicha ushbu virusdan zararlanganlar soni 657 mingdan oshib ketgan. 141 mingdan ko'proq odam esa kasallikdan tuzalishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar