"Barselona" "Kamp Nou" nomini sotmoqchi
03 dek 2021 20:57
Yangiliklar
"Barselona" "Kamp Nou" nomini sotmoqchi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning moliyaviy ahvoli haqida gapirdi.
"Kamp Nou" nomiga bo'lgan huquqlar to'g'risida
"Bizda kamida 5 ta taklif bor. Yiliga 30 milliondan 40 million evrogacha mablag' olmoqchimiz. Bu odatda 10-15 yilga imzolanadigan shartnomadir.
Sarlavha homiysi haqida
"Biz bu masalani yil oxiri yoki 2022 yil boshida hal qilmoqchimiz. Nikega bitimni tayyorlash uchun vaqt kerak, Rakuten bilan shartnoma muddati tugashi arafasida.
Biz Rakuten bilan yaxshi munosabatdamiz, shartnomani yangilashimiz mumkin, ammo ko'proq narsani taklif qiladigan boshqa kompaniyalar ham bor. Ayni paytda taklif qilinadigan mablag' miqdori muhim", — dedi Laporta.
Fikrlar