"Barselona" ikki futbolchisini transferga qo'ydi

Alisher
27 iyul 2021, 14:37
"Barselona" ikki o'yinchisini transferga qo'yganini ma'lum qildi.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar" ijrochi direktori Mateu Alemani ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, klub himoyachi Samuel Umtiti va xavbek Miralem Pyanich bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Bosniyalik yarim himoyachining xizmatlariga "Yuventus" va "Inter" qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik himoyachi uchun "Lion"ga yo'l olishi mumkin.

Pyanich "Barsa"da 2020 yildan beri, Umtiti esa 2016 yildan beri harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Espana