"Barselona" hujumchisi "Roma"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 dek 2022
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.

Rim klubi hujum chizig'ida katta raqobat yuzaga keltirishni istamoqda. Niderlandiyalik futbolchi qishda "Barselona"dan kyetishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Biroq hali o'ziga jamoa topganicha yo'q.

Ayni damda jahon chempionatiga katta e'tibor qaratgan Depay turnirdan keyin yangi jamoa haqida o'ylashini aytdi. Biroq "Roma" klubi futbolchini "Barselona"dagi kabi katta maoshga olib kela olmasligi kutilmoqda. Shu sababli klub uning maoshini tushirmoqchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport