"Barselona" futbolchilari kechki ovqat paytida omadsiz startni muhokama qilishdi

Mirjalol Normatov
27 sen 2019, 00:33
"Barselona" futbolchilari "Sir Victor" mehmonxonasida jamoaviy kechki ovqat uyushtirishdi.

"The Mirror" xabariga ko'ra, ushbu tadbirda Ernesto Valverde ham ishtirok etgan. Ular birinchi navbatda so'nggi 25 yillikdagi eng yomon startni muhokama qilishgan.

Kechki ovqatga ilk navbatda Leo Messi yetib kelgan. Qayd etish kerak, rasmda motopoygachi Mark Markes ham ko'rinib turibdi. U bunga taklif qilinganmi yoki tasodifiy holat bo'lganligi ma'lum qilinmagan.

"Barselona"ning navbatdagi uchrashuvi "Xetafe"ga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror