"Barselona" Erling Xolandni 2026 yil yozida qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda
04 noy 2025 07:42
Yangiliklar
"Barselona" Erling Xolandni 2026 yil yozida qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda
Manba malumotiga ko'ra, kataloniyaliklar norvegiyalik forvard uchun "Manchester Siti"ga hujumkor yarim himoyachi Dani Olmo hamda pulli kompensaciya taklif etishga tayyor. Takidlanishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga Olmo allaqachon qiziqish uyg'otgan.
27 yoshli Dani Olmo — "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida o'ynab kelmoqda. U barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali malumotiga ko'ra, Olmoning taxminiy bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.
Erling Xolandning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha davom etadi. "Transfermarkt" malumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 180 million evroga teng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar