So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

Barselona darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen hayotiga taaluqli mayda faktlar Yangiliklar

Barselona darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen hayotiga taaluqli mayda faktlar

Mark – 1992 yilda Germaniyaning Myunxengladbax shahrida tug'ilgan, 27 yoshda.

4 yoshidan buyon futbol bilan muntazam shug'ullanadi. 

U professional faoliyatini 2010 yilda Myunxengladbaxning «Borussiya» klubi tarkibida boshlagandi. Borussiya darvozaboni sifatida 2010/14 yillarda faoliyat yurgazdi va ushbu muddat davomida 127 o'yinda maydonga tushib, 45 ta quruq o'yin o'tkazishga erishdi. Bundesligadagi muvaffaqiyatli harakatlaridan keyin, Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi va 2014 yilda «ko'k-anor rangli» libos kiydi.

Dastlab, Klaudio Bravodan keyin jamoaning ikkinchi darvozaboni vazifasini bajardi. Ammo Markni chin manoda ikkinchi bo'lgan deyish noo'rin. U kubok va ECHL o'yinlarida «Barselona» darvozasini mudofaa qilardi. Bravo 2016 yilda «Manchester Siti» klubiga o'tib ketgach, nemis golkiperi Barsaning ajralmas bo'lagiga aylandi. 

Mark-Andre ter SHtegen Barselona tog'laridagi hashamatli uyda yashaydi. Uning uyida basseyn, oshxona, umuman, har bir xona sodda va uyg'un tarzda jihozlangan. Aytgancha, Mark bu uyni sotib olmagan, unda ijara shartnomasi asosida istiqomat qiladi. Bu soddagina «kulbayi vayrona»ning bir oylik ijara haqqi 9000$ga barobar.

SHtegen adabiyotni va mashinalarning oynasini qoraytirishni yoqtirmaydi. Ko'chada sayr qilishni yoqtiradi, bazan uni jamoat transportlarida ham uchratish mumkin. SHtegenning elektron skuteri bor, unda, asosan, «Barselona» ko'chalarini aylanadi. Bu mashg'ulot darvozabonning o'ziga juda ham yoqadi.

Markning bitta mashinasi bor – «Audi SQ 5». Bahosi 90 ming dollar hisoblanadigan mazkur avtoulov 5,4 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqa oladi. Avtomobilning maksimal tezligi esa 250 km/soatga teng.

SHtegen 2017 yilda daniyalik Daniela Yele ismli qiz bilan oila qurdi. Aslida, ular munosabatga kirishganlariga 7 yil to'ldi. Juftlik Mark «Borussiya» klubi sharafini himoya qilib yurgan paytlarda tanishib qolishgan edi. Aytgancha, Yele hozir homilador hisoblanadi, baxtiyor juftlik ayni kunlarda «yangi mehmon» kutish bilan band.

Do'stlariga kelsak, Markning ikkita yaqin do'sti bor – ular mashhur futbolchilar emas. Birinchisi – Manuel, u bilan bolalikda do'stlashgan. Ikkinchisi – Andre, u bilan birga Myunxengladbaxning «Borussiya» klubida to'p tepishgan.

«Barsa»da u himoyachi Jerar Pike va Andres Inesta(«Vissel Kobe»ga ko'chib o'tguniga qadar)lar bilan yaqin aloqada. 

Futbolchi reklama, fotosessiyalarga ko'p vaqtini ajratadi va bundan katta daromad oladi. Qizig'I shundaki, Mark barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalariga ega.

Uning daromad manbalari: yillik 4,7 million evro maosh + ehtimoliy bonuslar va reklama shartnomalri hisoblanadi.

Xabaringiz bor, SHtegen oxirgi mavsumlarda o'zining aql bovar qilmas harakatlari bilan «Barselona»ning muvaffaqiyatlariga Messidan ortiq hissa qo'shsa, qo'shyaptiki, ammo kam emas. Biroq, jahonning eng kuchli darvozabonlaridan biriga aylansahamki, Germaniya terma jamoasi postiga loyiq ko'rilmayapti. 

Siz qanday fikrdasiz: Mark hozirgi salohiyati bilan faoliyatida pasayish kuzatilayotgan Manuel Noyerning bugungi darajasidan ustunroq emasmi?


Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика