"Barselona" dahshatli oktyabrni super natija bilan yakunladi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2018, 15:11
Bir oy oldin "Barselona"ni dahshatli oktyabr kutib turgani, jamoa ushbu oyda kuchli jamoalarga qarshi o'ynashi haqida yozgan edik.

Kataloniya klubi oktyabr oyida "Tottenxem", "Valensiya", "Sevilya", "Inter" va "Real"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Ko'k-anorranglilar ushbu 5ta bahsda 4ta g'alaba va 1ta durang qayd etib, 13 ochko ishlashdi. "Barselona" ushbu beshlikda hozir eng kuchsizi bo'lib turgan "Valensiya" bilan durang o'ynadi. Kataloniyaliklar 5ta uchrashuvda 16ta gol urib, darvozasidan 6 marta to'p olib chiqdi.







Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia