So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

"Barselona" "Bavariya"dan alamini oldi Yangiliklar

"Barselona" "Bavariya"dan alamini oldi

"Barselona" va "Bavariya" o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.



"Barselona" - "Bavariya" 3:0

Gollar:  1:0 – 77 Messi, 2:0 – 80 Messi, 3:0 – 90 Neymar.

Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Pike, Maskerano (Bartra, 89), Alba, Rakitich (Xavi, 82), Buskets, Inesta (Rafinya, 87), Messi, Suares, Neymar.

Bavariya – Noyer, Benatiya, Boateng, Rafinya, Alkantara, Lam, Xabi Alonso, Bernat, Myuller (Getce, 79), SHvaynshtayger, Levandovski.

Ogohlantirishlar:   Xabi Alonso (35), Dani Alves (46), Benatiya (52), Bernat (56), Pike (66), Neymar (69).



90+4. GOOOOLLL!!!!!!! NEYMARRRR!!!!!!! Braziliyalik jahon chempionatidagi mag'lubiyati uchun germaniyalikni jazoladi!


90. Ricoli o'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi


85. "Kamp Nou" kuylayati va qarsak chalyapti.


84. SUARESSS!!!!! Luis Suares o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi, ammo va yana ammo so'zi bizga qarshilik qilmoqda.


80. MESSIII!!!!! GOOOOOLL!!!! Nimalar qilyapti MEssi! U erlikmi yoki o'zga sayyoralik? Leo o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib Boatengni aldadi va yumshoq zarba bilan to'pni Noyer ustidan tashlab qo'ydi. BARAKALLA!


79. O'zgarish. Myuller o'rniga Gyotce.


78. Alves to'pni Messiga tashlab berdi, Leo esa to'pni chap oyog'iga to'g'irlab darvozaning yaqin burchagiga zarba berdi. GOL!


77. GOOOLLLL!!!!!! MESSSIIII!!!!!!!!!!!! LEO QOYIL! Lionel Messi o'zining evrokuboklardagi 100 uchrashuvida 76 golini urdi.


71. "Bavariya" taktik jihatdan juda yaxshi harakat qilmoqda. "Barselona" gol urish istagida juda shoshyapti va xatolarga yo'l qo'ymoqda.


70. "Barselona" hujumga o'tishda tartibsiz o'ynayapti va "Bavariya" to'pga egalik qilish bo'yicha oldinga chiqib oldi.


67. Buskets xavfni bartaraf etdi.


66. PIKE ikki oyog'i bilan Robert Levandovskini to'xtatib qoldi. Sariq kartochka. Mehmonlarda gol urish uchun qulay imkoniyat.


61. NEYMARRRRRR!!!!! Messi Alves orqali himoyadan chiqib ketdi va to'pni Neymarga tashlab berdi. Kutilmaganda Noyer o'z darvozasini tashlab, to'pga Neymardan oldin chiqdi va gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.


57. MESSII!!! Leo o'ng qanotdan maydon markazi tomon intilib to'pni Neymarga oshirdi, braziliyalik esa to'pni yana Messiga qaytardi. Argentina terma jamoasi sardorining zarbasini Noyer ushlab oldi.


56. Bernat Messini to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi.


55. Myuller o'yindan tashqari holatda.


51. Bugun "Bavariya" iloji boricha o'z darvozasini quruq saqlashga harakat qilmoqda. Agar mezbonlar imkoniyatlarni ko'kka sovurishda davom etsa, mehmonlar o'z vazifasini uddalaydi.


48. "Barselona" burchak to'pini bartaraf etib, qarshi hujumga o'tdi. Alves esa to'pni oldinroq tashlashni eplay olmadi.


To'p qarshisida Xabi Alonso. Alonsoning zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi.

47. Dani Alves o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida Levndovskini yiqitdi. Penalti emas, ammo xavfli standart.


46.Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda va ikkinchi bo'limda ham chiroyli o'yin ko'rishga umid qilamiz.


45. Birinchi bo'lim yakunlandi.


44. "Barselona" hujumga o'tishda shoshib qolyapti va to'p raqib jamoaga o'tim ketmoqda.


40. RAKITICH! Rakitich Azar uslubida Noyer darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi. Noaniq.


37.  Rakitich Xabi Alonsoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Noyer esa hakamga etiroz bildiryapti.


Messining zarbasini Noyer "o'qidi".

36. Messi va Neymar jarima to'pi qarshisida


35. Sariq kartochka. Xabi Alonso hakamga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.


28. Ushbu uchrashuv rus tilida ham saytimiz orqali matnli translyaciya qilinmoqda.


27. SUARESS!!! Burchakdan etkazib berilgan to'pni Suares bosh bilan darvozaga yo'lladi. Biroz noaniq.


26. "Barselona"ning ajabtovur triosi raqib himoyasini titratishda davom etyapti. "Bavariya" esa bir amallab hujumlarni bartaraf etmoqda.


25. "Barselona" hujumlar soni bo'yicha raqibni ortda qoldirishyapti


21. MESSI! Lionel o'z uslubida Noyer darvozasiga zarba berdi, biroz noaniq.


20. 20 daqiqa ichida ikkala jamoada ham gol urish uchun imkoniyat bo'ldi.


18. LEVANDOVSKI!!!! Niqobli hujumchi o'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni darvozani to'g'irlay olmadi.


16. Neymar ham qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi.


12. LUIS SUARESSS!!!!! Urugvaylik futbolchi birga bir vaziyatda Noyerni mag'lub eta olmadi.

11. Hozircha hisob ochilgani yo'q.

0. Uchrashuv boshlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика