"Barselona" Antuan Grizmanni sotmoqchi, biroq "Atletiko"ga emas
12 iyu 2021 21:21
Yangiliklar
"Barselona" Antuan Grizmanni sotmoqchi, biroq "Atletiko"ga emas
Kataloniya klubi rahbariyati francuz futbolchisini "Atletiko"ga qo'yib yuborish variantini ko'rib chiqmaydi, chunki ular La Ligada chempionlik uchun asosiy raqiblaridan birini kuchaytirmoqchi emas.
"Barselona" o'tgan yozda "Atletiko"ga o'tgan va 21 ta gol urib, jamoa chempionligiga hissa qo'shgan hujumchi Luis Suares bilan qanday vaziyat yuzaga kelganini eslaydi.
Klub Grizmannni APL yoki A Seriya klubiga qo'shilishini xohlaydi, shunda kataloniyaliklar uning yangi jamoasi bilan faqat CHempionlar Ligasida to'qnashishi mumkin bo'ladi.
Grizmann "Barsa"da 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda u jamoa tarkibida barcha turnirlarda 51 uchrashuv o'tkazib, 20 ta gol urdi va 12 golga uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Grizmanni 60 million evroga baholamoqda. Uning "ko'kanorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Fikrlar