"Barselona" Albaga yangi shartnoma taklif qilib, uning shartlarini yaxshilamoqchi
11 apr 2015 10:14
Yangiliklar


"Barselona" Albaga yangi shartnoma taklif qilib, uning shartlarini yaxshilamoqchi
"Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi Xordi Albaning o'yinidan mamnun va unga yaxshilangan shartlar bilan yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Kataloniya klubi vakillari Ispaniya terma jamoasi futbolchisi agenti bilan aloqaga chiqishgan. Albaning ko'k-anorranglilar bilan amaldagi kelishuvi 2017 yilgacha belgilangan va klub unga 2020 yilgacha jamoada qolishni taklif qilmoqchi.
Alba bu mavsumda Ispaniya chempionatining 23ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2ta golli pas berib, 1ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar