So’nggi yangiliklar

03:02Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди  242 02:55АПЛ. "Арсенал" "Брентфорд" майдонида очко йўқотди  16 00:50АПЛнинг январь ойидаги энг яхши мураббийи ким бўлади?  1 00:19Кучли бешлик чемпионатларида ким энг кўп маош олмоқда?  3 23:43Миллатлар лигаси-2026/27. Қуръа ташланди!  12 23:27"Ноттингем"ни бошқаришга рози бўлган мураббий бор  2 22:57Бундеслиганинг январь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  1 22:43Мбаппе "Реал"нинг навбатдаги учрашувини ўтказиб юбориши мумкин  30 22:20Расман: Раҳим Стерлинг - "Фейеноорд" футболчиси!  4 21:59"Пахтакор" кундаги иккинчи назорат ўйинида дуранг қайд этди  8 21:48"Навбаҳор" Қозоғистоннинг "Актобе" жамоасига қарши назорат ўйинини ўтказди. Нани майдонга тушдими?  2 21:15"Локомотив" Анталияда Грузия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:55Майдон ташқарисидаги "Эл Класико": "Реал" ва "Барселона" бир ҳимоячига қизиқмоқда  0 20:31Гвардиола ёзда кетадими? Романо жавоб берди  19 20:04"Барселона" ҳимоячиси 1 йилдан ортиқ вақт депрессия билан курашганини айтди  1

"Barselona" afsonasi Karles Puyol O'zbekistonga keladi Yangiliklar

"Barselona" afsonasi Karles Puyol O'zbekistonga keladi

Jahon futboli afsonasi, “Barselona” klubining sobiq himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa va Jahon chempioni degan yuksak nomlarga sazovor bo'lgan Karles Puyol joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi.

Avval xabar berilganidek, O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov shu yilning sentyabr oyida SHveycariyaning Cyurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgandi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston delegaciyasi futbol targ'ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O'zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o'tab berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam berishini so'ragandi.

FIFA prezidenti Janni Infantino o'sha uchrashuv davomida O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan mamlakatda futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, Jahon futboli yulduzlarini O'zbekistonga yuborishda amaliy yordam berishni vada qilgandi.

Puyolning mamlakatimizga tashrifi shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo'lib, bu orqali FIFA prezidenti yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida federaciya tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo'llab -quvvatlash va futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo'shishni maqsad qilgan.

Karles Puyol tashrifi davomida yurtimizdagi futbol akademiyalari va bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanishadi hamda u erda futbol sir-asrorlarini o'rganayotgan yosh futbolchilar uchun master-klasslar o'tkazib beradi.

SHuningdek, Jahon futboli afsonasi o'zbek futboli bilan yaqindan tanishish maqsadidaOliy liga 28-tur doirasida bo'lib o'tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi o'yinni ham bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib borishi rejalashtirilgan.

Karles Puyol kabi Jahon darajasidagi futbol yulduzlarining yurtimizga tashrifi O'zbekistonda futbolni ommaviylashtirish va targ'ib qilish, o'sib kelayotgan yosh avlod o'rtasida futbolga bo'lgan qiziqishni yanada oshishiga xizmat qilishi aniq.

Reyting: +85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика