"Barselona" 5 iyul kuni yangi futbolchisini tanishtiradi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2019, 12:42
Ispaniyadagilar "Barselona" yangi futbolchisi Frenki De Yongni qachon tanishtirishi ma'lum qilishdi.

"Sport" xabariga ko'ra, 22 yoshli gollandiyalikning taqdimoti 5 iyul kuni o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" ushbu futbolchini qishdayoq xarid qilishga ulgurgandi. O'tgan mavsumda u "Ayaks" tarkibida Erediviziyada 31 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport