"Barsa" futbolchisi Olimpiada chorak finalida jarohat oldi
31 iyu 2021 20:18
Yangiliklar
"Barsa" futbolchisi Olimpiada chorak finalida jarohat oldi
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Oskar Mingesa jarohatlandi.
Himoyachi Ispaniyaning chorak final doirasidagi Kot-d'Ivuarga qarshi o'yinining 9-daqiqasida jarohat oldi. Mingesani Xesus Valexo almashtirdi.
Avvalroq 22 yoshli futbolchi musobaqaning Misrga qarshi kechgan ochilish o'yinida ham shikastlangan edi.
Fikrlar