"Barsa" futbolchisi: "Aguero va Garsiya menga yoqadi. Kuman qolishga loyiq ish qildi"
10 iyu 2021 08:47
Yangiliklar
"Barsa" futbolchisi: "Aguero va Garsiya menga yoqadi. Kuman qolishga loyiq ish qildi"
"Barselona" futbolchisi Jordi Alba klub bosh murabbiyi Ronald Kuman va jamoaning transferlari haqida gapirdi.
"Menga barcha transferlar yoqdi. Aguero va Garsiyaning olib kelinishi juda yaxshi ish bo'ldi. Biz Aguero bilan tanish edik va munosabatlarimiz ham yaxshi. Erik esa o'rganishni istaydigan kamtar yigit. Tarbiyalanuvchilar uyga qaytishlari ajoyib. Biz u qanday ekanligini terma jamoa safida ko'rdik.
Ronald Kuman bu yil yaxshi faoliyat olib bordi. Biz mavsum davomida kuchaydik va u klubda qolishga loyiq", - dedi Alba.
Fikrlar