“Barsa” afsonalari avgustda “Kamp Nou”da to'planishadi
29 fev 2020 01:14
Yangiliklar
“Barsa” afsonalari avgustda “Kamp Nou”da to'planishadi
“Barselona” klubi jamoaning sobiq hujumchisi Ronaldino sharafiga uchrashuv tashkil qilish taraddudida.
“Barselona” afsonalari va jahon terma jamoasi o'rtasidagi uchrashuv 19 avgust kuni “Kamp Nou”da o'tkazilishi kutilmoqda.
“Barselona” rahbariyati ushbu uchrashuvga Andrea Pirlo, “Terri Anri, Roberto Karlos, Pavel Nedved, Xaver Saviola va Paolo Maldini singari o'tmishning mashhur futbolchilarini taklif etishni rejalashtirmoqda.
Braziliyalik mashhur to'p sehrgari Ronaldino “Barselona” safida “Oltin to'p” (2005)ni qo'lga kiritish bilan birga Evropa CHempionlar ligasi (2005/2006), Ispaniya chempionati (2005, 2006) va Ispaniya superkubogi (2005, 2006)da g'oliblikni qo'lga kiritgan. Kataloniya klubi safida u 2003-2008 yillarda to'p tepgan.
Fikrlar