So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  2 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  165 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

Barchasi "Mbappe operaciyasi" haqida Yangiliklar

Barchasi "Mbappe operaciyasi" haqida

2022 yil boshlanishiga 50 kun qoldi.

Aynan shu kundan boshlab "Real Madrid" Kilian Mbappe bilan to'g'ridan-to'g'ri, hech kimdan so'ramay, hech kimni ogohlantirmay aloqaga chiqishi mumkin. Futbolchi va PSJ o'rtasidagi kelishuv keyingi yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.

"Qaymoqranglilar" francuzni yozdayoq jamoaga olib kelishni istashgandi, ammo PSJ o'z yulduzini har qanday summa taklif qilinsa-da, sotmaslikka qaror qildi.

Yurtimizda qor yog'di, bu esa bevosita qishdan darak. Demak, qishki transferlar oynasi yaqin. SHu o'rinda "Mbappe operaciyasi" haqida barcha faktlar va detallarni bilib qo'yishning ayni vaqti, nazarimizda.


CHindan ham Mbappe "Real Madrid" bilan shartnoma imzolaydimi?

Vaziyatdan oz bo'lsa-da, xabardor muxlislar yaxshi bilishadiki, Mbappe kelasi yil yozda Parijni tark etib, "Real Madrid"ning yangi loyihasida asosiy yulduz sifatida o'z sarguzashtini boshlash niyatida turibdi.

"Men PSJ vakillariga iyuldayoq ketishni istashim haqida aytdim. Yangi sarguzasht vaqti keldi", – deya francuz Liga 1ni tark etib, "Madrid"ga qo'shilishni istashini keng ommaga elon qildi.


Mbappe PSJ bilan shartnoma muddatini uzaytirish ehtimoli bormi?

Ispanlar PSJ Mbappeni yangi shartnoma imzolashga ko'ndirishidan xavotirda, biroq "qaymoqranglilar" o'yinchi dastlabki qarorini o'zgartirmasligidan umidvor.

Omadsiz urinishlardan keyin PSJ futbolchi maoshini yiliga 25 million evroga ko'tarishga tayyor hamda francuzni hujum chizig'ini Lionel Messi, Neymar va Mbappe uchligi tashkil qiluvchi kuchli yangi loyiha bilan saqlab qolmoqchi.


Kilianning yaqinlari yakuniy qarorga qanchalik tasir o'tkazishi mumkin?

Mbappening onasi shartnoma muddatini uzaytirish variantini inkor etmadi va futbolchi oilasidagilar hamda agent bu borada qanchalik tasir kuchiga ega ekanligini aniqlash lozim.

"Otasi shu erda qolishimizni xohlaydi, men va advokatimiz esa ketish tarafdorimiz, ammo hech birimiz uning o'rniga qaror qabul qilmaymiz", – degandi sal avval Mbappening onasi. "Bugungi kunda PSJ bilan muzokaralar davom etmoqda va barchasi joyida".



"Real Madrid" yanvardayoq Mbappe transferini amalga oshirishi mumkinmi?

"Real Madrid" ushbu vaziyatda PSJga bo'lgan hurmatni ifodalash maqsadida, yana bir taklif yuborishi mumkinligini rad etmayapti. SHu yo'l bilan Qirollik klubi Mbappeni erkin agent sifatidagina qo'lga kiritish niyatida emasligini ko'rsatib qo'yadi. Avgust oyidayoq "qaymoqranglilar" nafaqat francuzlar balki barchaga, bu transfer yo'lida futbolchining tugab borayotgan shartnomasidan foydalanib qolish niyatida emasligini namoyon qildi.

"Madrid"dagilar qishda Mbappe xizmatlari uchun taklif qilinishi mumkin bo'lgan summa borasida aniq raqamlarni muhokama qilmagan, lekin klubdagilar PSJ har qanday taklifni rad qiladi deb hisoblaydi.


Va nihoyat, Vinisiusning "o'yini ochilgani" "Mbappe operaciyasi"ga tasir qiladimi?Vinisius joriy mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgani, "Madrid"ning Mbappe borasidagi qaroriga tasir qilmaydi. Aksincha, "qaymoqranglilar" bu ikki futbolchini birlashtirib, aynan ular yangi davrni boshlab berishlari hamda klubni ham maydondagi yutuqlari, ham marketing tomondan foydasiga xizmat qiladi deb hisoblaydi. Mbappe transferidan qati nazar, "Real Madrid" Vinisiusni o'z loyihasining muhim figurasi deb biladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика